Oilaviy biznes hisoblangan Safiaqandolatchilik uylari tarmogʻining tarixi havaskor-qandolatchi Muhayyo Qosimovaning saʼyi-harakatlaridan boshlangan. 2001-yilda Muhayyo Qosimova oʻz turmush oʻrtogʻi bilan birga shaxsiy xonadonida teshikkulchatayyorlab sotishni boshlashadi.

2008-yilga kelib, ularning qizi Madina Akmalovna oilaviy biznesni rivojlantirish maqsadida birinchi qandolatchilikdoʻkonini ochadi. Hech qanday tashqi sarmoyalarsiz, oʻz jamgʻarmalarihisobiga, “Дом Выпечки от Мадины” (“Madinadan pishiriqlar”) nomi ostidagi ularning birinchi qandolatchilik doʻkoni oʻz faoliyatini boshlaydi.

U oʻz oilasining muvaffaqiyatli tajribasidan ruhlanib, shaxsiy gʻoyalari, retseptlar, turfa xil taʼmlarni hayotga tatbiq etadi. Uning pazandalik tajribasi va qandolatchilikdagi mahorati tufayli u tayyorlagan mahsulotlar mazali, koʻrkamva yuqori sifati bilan farqlanib turardi.

2015-yilda qandolatchilik doʻkonlariningsoni uchtaga yetadi.

1
2

 

2015-yilda oilaviy biznesga Madina Akmalovnaning farzandlari qoʻshiladi. Shahzod Alisherovich – Madina Akmalovnaning toʻngʻich oʻgʻli – kompaniyada samarali moliyaviy model va avtomatlashgan hisob-kitob tizimini yaratadi.

Bekzod Alisherovich esa, Yevropada oʻqishni tamomlab kelib, qandolatchilikkorxonasiga yangi gʻoyalar va konsepsiyalarni joriy qiladi. Uning tashabbusi bilan oʻsha yildayoq oʻz jiyanlarining sharafiga nomlangan “Safia” brendi ochiladi va qandolatchilikdoʻkonlari barcha manzur boʻlgan pishiriqlardan tashqari issiq va sovuq taomlarning keng assortimenti taqdim etilgan qahvaxonalar tarmogʻiga aylanadi.

Tez orada betakror bezakli eksklyuzivtortlar tayyorlash uchun individualbuyurtma xizmati yoʻlga qoʻyiladi. Bundan tashqari, keytering xizmati ishga tushiriladi.

Safia mahsulotlari isteʼmolchilar orasida jarangdor reklama sadolari taʼsiridaemas, balki ishonch qozongan qarindoshlar, tanishlar-bilishlar tavsiyasi orqali talabgir boʻladi. 

2018-yilda Prezident Shavkat Miromonovich Mirziyoyevning yosh tadbirkorlar bilan uchrashuvida Begzod Samikjonov zamonaviy qandolatchilik fabrikasi loyihasini taqdim etgan edi.

Loyiha davlat rahbari tomonidan tasdiqlanib, fabrika qurish uchun yer ajratiladi.

2022 yilda 18,500 m2 maydonda yangi zamonaviy fabrika o'z faoliyatini boshlaydi.

Uch qavatli fabrikada 30 ta ishlab chiqarish sexi, 3200 m2 muzlatgich kameralari va markaziy omborxona mavjud.

Fabrika to‘liq quvvat bilan ishga tushganda yiliga 10 tonna tayyor mahsulot ishlab chiqarish imkoniyatiga ega. Tayyor mahsulotlar assortimenti 500 dan ortiq nomdan iborat. Fabrikada 4000 nafar ishchi mehnat qilish imkoniyati joriy qilingan.

Bugungi kunda ishlab chiqarishda 2000 nafar xodim ishlab kelmoqda.

Ularning 60 foizi ayollardir. Ishchilarning asosiy qismini yoshlar tashkil etadi. Kompaniya boshqaruv jamoasining o'rtacha yoshi 30 yoshda.

Filiallar mamlakatimiz quyidagi hududlarda faoliyat yuritishmoqda: Farg‘ona, Andijon, Namangan, Buxoro, Qarshi.

2022-yilda Qozog‘istonning Chimkent shahrida birinchi Safia qandolatchilik uyi ochildi va mahsulot eksport qilinishi boshladi.

2023 yilda Chimkent shahrida ikkinchi filial ochildi.

2024-yil – Almati shahrida ilk filialimiz ochildi

Bugungi kunda qandolat do'konlari soni 125 dan oshdi.

3
4

 

Mashaqqatli mehnat, ishtiyoq, umumiy oilaviy ishga nisbatan ulkan mehr, va albatta, mijozlarimizning ishonchi va eʼtirofi kompaniyamiz muvaffaqiyatining siri hisoblanadi.

Tabiiylik, sifat – kompaniyaning asosiy qadriyatlaridan. Kompaniya oʻz mahsulotlari uchun faqat tabiiy, sarxilmasalliqlarni ishlatadi. Aynan shu bois Safia mahsulotlari kundan-kunga isteʼmolchilarning mehrini qozonib bormoqda.

Kompaniya maslagi: kompaniyaning har bir muxlisi xuddi uydagiday mehr va qalb qoʻri bilan tayyorlangan pishiriqlarning asl taʼmini, brendning shirinliklari bilan har kun bayram shukuhini his qilishi uchun intilish. 

Garchi Safia brendi yaratilganidan beri endigina 8 yil oʻtgan boʻlsa-da, bu qisqa vaqt oraligʻida shahar boʻylab 70 danortiq filiallar ochildi, ular orasida quyidagi shaharlarda butun Oʻzbekiston boʻylabeng katta 4 ta qandolatchilik uyi mavjud: Andijon, Fargʻona, Namangan, Buxoro va 2 tasi Qozogʻiston Respublikasida.

Xodimlar soni esa 2 500 nafardan ziyod – ular oʻz ishining haqiqiy mutaxassislaridir.

Safia brendi ochilganiga bor-yo‘g‘i 8 yil bo‘lganidan faxrlanamiz va shu qisqa davr mobaynida 80 dan ortiq filiallar,

jumladan, O‘zbekistondagi 4 ta yirik qandolatchilik uylari, ochilgan: Andijon, Farg‘ona, Namangan, Buxoro, Qarshi filiallari.

Shu bilan birga Qozog'istonda 2 ta filial ham mavjud.

Xodimlar - o'z sohasi mutaxassislari soni esa 3500 kishidan oshdi.

To Top