Ichimlik abonement
Vaqt va pulni tejang!
30/15 porsiya ichimlik uchun obuna 350.000 so‘m/200.000 so‘m.
Obuna doirasida quyidagilarni olish mumkin:
• bir kalendar kunida 1 (bir) soat oralig‘ida 3 (uch) porsiyadan ortiq bo‘lmagan ichimliklar.
• 30 porsiya ichimlik uchun 350.000 so‘mlik yoki 15 porsiya ichimlik uchun 200.000 so‘mlik obuna balansi doirasida.
• Obunaning amal qilish muddati - 30/15 kalendar kun (xarid kuni hisobga olinmaydi), ushbu muddat tugagach obuna bekor qilinadi.
Obuna doirasida foydalanuvchi quyidagi ichimliklarni tanlashi mumkin:
Kapuchino 200 ml;
Latte 200 ml;
Amerikano 150 ml;
Espresso 50 ml;
Muzli latte
Muzli amerikano
Qo‘sh amerikano
Qo‘sh kapuchino
Qo‘sh espresso
Qo‘sh latte
Oferta
Ushbu hujjat Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 369-moddasiga muvofiq Safia café&bakery qandolatchilik uyining (keyingi oʻrinlarda – “Tashkilotchi) quyida keltirilgan shartlarda shartnoma tuzishga (keyingi oʻrinlarda – “Oferta” yoki “Shartnoma”) yuridik jihatdan salohiyatli jismoniy shaxsga rasmiy va ommaviy taklifidir.
Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 370-moddasiga muvofiq, taklif etilgan shartlar qabul qilinganda, shaxs Mobil ilovada quyidagi harakatlarni ketma-ketlikda bajargan holda ushbu Oferta akseptini amalga oshiradi:
- Oferta shartlari bilan tanishish, unga havola https://safiabakery.uz/ru/news/abonement-na-kofe manzilidagi saytda joylashtirilgan;
- Mobil ilovada “Abonement sotib olish” tugmasini bosish;
- mazkur Ofertada koʻrsatilgan shartlarda Tashkilotchi mahsulotining oldindan toʻlov hisobiga Abonement uchun pul mablagʻlari kiritish.
Koʻrsatilgan harakatlar bajarilgach, shaxs quyida keltirilgan shartlarda mazkur Shartnoma boʻyicha Buyurtmachiga (keyingi oʻrinlarda – “Foydalanuvchi/Abonement foydalanuvchisi”) aylanadi.
1. Asosiy atamalar va tushunchalar
Ushbu Oferta maqsadlarida quyida keltirilgan atamalar
quyidagi maʼnolarda ishlatiladi:
Aksiya – mazkur Qoidalarga muvofiq Tashkilotchi tomonidan oʻtkaziladigan “Qahvaga abonement” reklama aksiyasi.
Aksept – mazkur Oferta shartlarini toʻliq va soʻzsiz qabul qilish.
Abonement – foydalanuvchining mobil ilovasida QR kodni skanerlash orqali tez tanish uchun maʼlumot taqdim etuvchi mobil ilovadagi sertifikat shaklidagi banner, kod faollashtirilganda va boshqa foydalanish shartlariga rioya qilinganda, Foydalanuvchiga Aksiyada qatnashuvchi Tashkilotchi Mahsuloti taqdim etiladi. Abonement haqidagi barcha maʼlumotlar Mobil ilovada berilgan.
Autentifikatsiya – Tashkilotchi tomonidan Foydalanuvchining Mobil ilovada Abonementdan foydalanish vakolatlarini tasdiqlash uchun foydalanuvchining telefon raqami va bir martalik paroldan foydalanib tekshirish jarayoni.
Abonement balansi – Tashkilotchining Aksiyada ishtirok etuvchi va Foydalanuvchi Abonemnet taqdim etganda olishi mumkin boʻlgan mahsulotlar soni.
Veb-sayt – elektron hisoblash mashinalari uchun dasturlar va axborot tizimida mavjud boshqa maʼlumotlar majmui, ulardan foydalanish ruxsati safiabakery.uz domen nomi boʻyicha Internet axborot-telealoqa tarmogʻi orqali taʼminlanadi
Mobil ilova – Tashkilotchi xizmatlaridan foydalanish va boshqa maqsadlarda Foydalanuvchi tomonidan turli dasturiy platformalar yordamida oʻrnatiladigan yoki yuklab olinadigan mobil qurilmalar uchun moʻljallangan bepul dasturiy taʼminot.
Tashkilotchi – Safia café&bakery qandolatchilik uyi
Tashkilotchi mahsulotlari/Mahsulot – Tashkilotchining savdo doʻkonlaridagi hududda sotiladigan umumiy ovqatlanish mahsulotlari.
Tashkilotchi Aksiyada qatnashuvchi Mahsulotlar sonini mustaqil belgilaydi.
Abonement foydalanuvchisi/Foydalanuvchi – Mobil ilovada Abonement sotib olgan yuridik jihatdan salohiyatli jismoniy shaxs.
Abonementning amal qilish muddati – xarid qilinadigan Abonement turiga qarab Abonementning amal qilish muddati 15 yoki 30 kun va Foydalanuvchi Mobil ilovada Abonement xarid qilgan paytdan belgilanadi. Abonementning tugash muddati sotib olingan Abonement doirasida xarid qilingan qahva porsiyalari (15 yoki 30 dona) tugashi sanaladi. Abonementning amal qilish muddati boshlanishi va tugashi Abonement xarid qilish paytida Mobil ilovadagi Foydalanuvchi profilida oʻrnatilgan shaharning vaqt mintaqasi hisobga olingan holda belgilanadi.
Elektron kassa cheki – maxsus dasturiy taʼminotda shakllantiriladigan, fiskal toʻplagichda qayd qilinadigan va Foydalanuvchiga yuboriladigan fiskal hujjat.
2. Shartnoma predmeti
2.1. Tomonlar predmeti mazkur Shartnomaning amal qilish muddati davomida Tashkilotchi tomonidan Oferta shartlari asosida Foydalanuvchiga Tashkilotchi Mahsulotlarining pulli taqdim etilishi sanaladigan Shartnoma tuzadi.
2.2. Mazkur Shartnomaning tasdigʻi sifatida Tashkilotchi Foydalanuvchiga Mobil ilovada u tomonidan toʻlangan Abonementni beradi. Abonement Foydalanuvchi tomonidan mazkur Ofertaning 2.3-bandida koʻrsatilgan shartlarda Mahsulot uchun oldindan toʻlov kiritilganidan soʻng faollashtirilgan va foydalanish uchun mavjud sanaladi. Mahsulotni Toshkent, Andijon, Namangan, Fargʻona, Qoʻqon, Qarshi, Buxoro shaharlarida, Toshkent viloyatida, Tashkilotchining ish soatlarida SAFIA savdo doʻkonlarida olish mumkin.
2.3. Abonement Foydalanuvchisi Abonementning 15 yoki 30 kalendar kuni amal qilish muddatiga (xarid kunini hisobga olmaganda) muvofiq 15 porsiya qahva uchun 200 000 soʻm yoki 30 porsiya qahva uchun 350 000 soʻm qiymatidagi Abonement Balansi doirasida Mahsulotni olishi mumkin.
Aksiyada quyida keltirilgan qahva ichimliklari qatnashadi:
Kapuchino 200 ml;
Latte 200 ml;
Amerikano 150 ml;
Espresso 50 ml;
Muzli latte
Muzli amerikano
Qo‘sh amerikano
Qo‘sh kapuchino
Qo‘sh espresso
Qo'sh latte
Kalendar kunining soat 00:00 dan shu kalendar kunining soat 23:59 gacha davriga teng vaqt oraligʻi ushbu Shartnoma maqsadlari uchun kalendar kuni sanaladi (kalendar kuni Abonement xarid qilish paytida Mobil ilovadagi Foydalanuvchi profilida oʻrnatilgan shaharning vaqt mintaqasi boʻyicha belgilanadi).
2.4. Abonementni faollashtirish vaqti Abonementga toʻlov amalga oshirilgan paytga va Foydalanuvchining bank hisobidagi pul mablagʻlari bloklanishiga mos keladi.
2.5. Abonementning amal qilish muddati tugagach, Abonement oʻz kuchini yoʻqotadi. Abonementni Safia café&bakery mobil ilovasida yana xarid qilish mumkin.
2.6. Foydalanuvchi, mazkur Oferta shartlari hisobga olingan holda, isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisidagi qonunda koʻrsatilgan barcha huquqlarga ega.
3. Shartnoma muddati
3.1. Shartnoma mazkur Shartnomaning kirish qismida koʻzda tutilgan harakatlar bajarilgan paytdan kuchga kiradi.
3.2. Mazkur Shartnomaning amal qilish muddati Abonementning amal qilish muddati bilan belgilanadi.
4. To‘lov
4.1. Foydalanuvchi tomonidan pul mablag‘larini o‘tkazish mobil ilova orqali naqd pulsiz tarzda, shuningdek Safia savdo do‘konlarining jismoniy kassalarida naqd pul yoki bank kartalari orqali to‘lash yo‘li bilan, ushbu Shartnomaga muvofiq amalga oshiriladi. To‘lov Foydalanuvchining ushbu Shartnoma shartlari bilan tanishganligini va uni mazkur shartlarda tuzayotganligini tasdiqlaydi.
4.2. Foydalanuvchi Tashkilotchining Mahsulotlari uchun oldindan to‘lovni ushbu Ofertaning 2.3-bandida ko‘rsatilgan shartlarga muvofiq so‘mda (O‘zbekiston Respublikasining pul birligi) amalga oshiradi. To‘lov Foydalanuvchi ushbu Shartnoma shartlari bilan tanishganligi va uni ushbu shartlarda tuzayotganligining tasdig‘i hisoblanadi.
4.3. Foydalanuvchi pul mablag‘larini Tashkilotchiga Mobil ilova orqali yoki Safia savdo do‘konlarida quyidagi usullar bilan o‘tkazishi yoki to‘lashi mumkin:
• Payme yoki Click to‘lov xizmatlari orqali naqd pulsiz tarzda
• HUMO, UZCARD, VISA va Mastercard to‘lov tizimlariga tegishli bank kartalari orqali;
• Safia savdo nuqtalaridagi Tashkilotchining jismoniy kassalari orqali naqd pul bilan.
4.4. To‘lovni amalga oshirishda Foydalanuvchining to‘lov ma’lumotlari to‘lov shlyuziga uzatiladi va Tashkilotchi tomonida saqlanmaydi.
4.5. Tashkilotchi amalda pul mablag‘larini o‘tkazmagani va hech qanday bank xizmatlarini ko‘rsatmagani sababli, to‘lovlarning to‘g‘ri amalga oshirilishi uchun to‘liq javobgarlik faqat emitent bank va Foydalanuvchi zimmasida bo‘ladi.
4.6. Bank-emitent va bank-ekvayerning Mobil ilovada yoki Abonementni avtomatik uzaytirish orqali to‘lovni amalga oshirishda Foydalanuvchi tomonidan taqdim etilgan ma’lumotlarning saqlanishi uchun javobgarligi O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonun hujjatlari bilan belgilanadi.
4.7. Abonementni to‘lashda Foydalanuvchi Mobil ilovada ishonchli ma’lumotlarni ko‘rsatishi shart. Foydalanuvchi ko‘rsatilgan ma’lumotlarning to‘g‘riligi uchun javobgar hisoblanadi.
4.6. Bank-emitent va bank-ekvayerning Mobil ilovada yoki Abonementni Avtomatik uzaytirish orqali to‘lovni amalga oshirishda Foydalanuvchi tomonidan taqdim etilgan ma’lumotlarning saqlanishi uchun javobgarligi O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonun hujjatlari bilan belgilanadi.
4.7. Abonementni to‘lashda Foydalanuvchi Mobil ilovada ishonchli ma’lumotlarni ko‘rsatishi shart. Foydalanuvchi ko‘rsatilgan ma’lumotlarning to‘g‘riligi uchun javobgardir.
5. Foydalanuvchining huquqlari va majburiyatlari
5.1. Foydalanuvchi mazkur Shartnomada keltirilgan shartlarga lozim tarzda rioya qilishga majbur.
5.2. Foydalanuvchilar Oʻzbekiston Respublikasi hududida istiqomat qiluvchi Oʻzbekiston Respublikasining yuridik salohiyatli, voyaga yetgan fuqarolari boʻlishi mumkin. Voyaga yetmaganlarning Aksiyada ishtirok etishi amaldagi qonunlarda belgilangan tartibda ularning qonuniy vakillari roziligi bilan amalga oshiriladi. Mazkur Ofertada bayon qilingan shartlarga amal qilinganda, ushbu bandda keltirilgan talablarga javob beruvchi shaxs Abonement foydalanuvchisi hisoblanadi.
5.3. Abonement Foydalanuvchisi boʻlishni istagan shaxs Tashkilotchining Mobil ilovasini yuklab olishi va maʼlumotlarni koʻrsatgan holda Mobil ilovada roʻyxatdan oʻtishga majbur.
5.4. Foydalanuvchi uning mobil qurilmasi saqlanishini taʼminlash uchun tegishli choralarni koʻrish majburiyatini oladi va uchinchi shaxslar mobil qurilmadan foydalangan taqdirda Mobil ilova, shu jumladan, Abonement maʼlumotlari saqlanishi uchun shaxsan javob beradi.
5.5. Foydalanuvchi shaxsiy notijoriy foydalanish bilan bogʻliq maqsadlardan tashqari, boshqa har qanday maqsadda Mobil ilovadan foydalanmaslik majburiyatini oladi.
5.6. Foydalanuvchi Mobil ilovadan foydalanib, boshqa Foydalanuvchilar va uchinchi shaxslarni chalgʻitmaslik majburiyatini oladi.
5.7. Ishtirokchi Mobil ilova ishiga va unga aloqador tizimga taʼsir qiluvchi begona DT va boshqa texnik vositalardan foydalanmaslik majburiyatini oladi.
5.8. Foydalanuvchi Abonement boʻyicha oʻz huquqlarini boshqa shaxsga berishi mumkin emas.
6. Tashkilotchi va Hamkorlarning huquqlari va majburiyatlari.
6.1. Tashkilotchi ushbu Shartnomada keltirilgan majburiyatlarini bajarish maqsadlarida Foydalanuvchining qoʻshimcha roziligisiz Oferta boʻyicha huquqlar va majburiyatlarni Hamkorlar va uchinchi shaxslarga oʻtkazish huquqiga ega.
6.2. Ushbu Shartnomaga rozilik bildirgan holda, Foydalanuvchi Tashkilotchi va Hamkorlarni targʻibot qilishga qaratilgan ragʻbatlantiruvchi, reklama, marketing va boshqa turdagi tadbirlarda qatnashishga xabardor holda va ixtiyoriy ravishda oʻz roziligini beradi. Tashkilotchi Foydalanuvchiga bildirishnomalar, sms orqali yoki Foydalanuvchi koʻrsatgan elektron pochta manziliga Mobil ilova ishlashi haqidagi maʼlumotlarni yoʻllash, shuningdek, oʻzining axboriy, reklama xususiyatidagi yoki boshqa xabarlarini (jumladan, push-xabarlar) yuborish, yoki Mobil ilovaning oʻzida tegishli axborotni joylashtirish huquqiga ega.
6.3. Tashkilotchi uning vakolat doirasidan tashqarida boʻlgan voqealar va vaziyatlar natijasida yuzaga kelgan salbiy oqibatlar va zararlar uchun javobgarlikni oʻz zimmasiga olmaydi.
6.4. Tashkilotchi Foydalanuvchi maʼlumotlari yoʻqotilishi uchun javobgar emas, ammo uning maʼlumotlari, shu jumladan Abonementni saqlash va tiklash uchun bor imkoniyatini ishga soladi.
6.5. Tashkilotchi istalgan vaqtda Foydalanuvchini xabardor qilmasdan tashkiliy yoki texnik sabablarga koʻra Foydalanuvchining Mobil ilovaga kirishini cheklab qoʻyish huquqini oʻzida saqlab qoladi.
6.6. Tashkilotchi ushbu Shartnoma shartlariga muvofiq Foydalanuvchining Mobil ilovaga bogʻlangan bank hisobidan Abonement toʻlovi hisobiga pul mablagʻlarini yechib olish huquqiga ega.
6.7. Tashkilotchi Mahsulotni tayyolash uskunasini lozim boʻlgan holatda tutish va/yoki uning ishlash qobiliyatini tezroq tiklash uchun bor imkoniyatini ishga solishi shart.
7. Shartlar
7.1. Aksiyada ishtirok etish uchun Foydalanuvchi Mobil ilovada ro‘yxatdan o‘tgan bo‘lishi yoki ro‘yxatdan o‘tishi, Foydalanuvchi kelishuvi shartlariga rozilik bildirishi, shuningdek Mobil ilovada Autentifikatsiyadan o‘tishi lozim.
7.2. Mobil ilovada ro‘yxatdan o‘tgach, Foydalanuvchi Tashkilotchining mahsulotiga Abonement sotib olish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Abonementni olish va faollashtirish uchun Foydalanuvchi ushbu Oferta shartlariga rozi bo‘lishi hamda Mobil ilova orqali yoki Safia filiali kassasida to‘lovni Tashkilotchining Mahsulotlari uchun oldindan to‘lash hisobiga amalga oshirishi kerak. Tashkilotchining Mahsuloti uchun oldindan to‘lov miqdori ushbu Ofertaning 2.3-bandida ko‘rsatilgan.
7.3. Abonementdan foydalanish uchun quyidagilar zarur:
• Mobil Ilovaning bosh ekranida "Abonementlar" yoki "Aksiyalar" toifasiga (bo‘limiga) o‘tish;
• Abonement kartochkasini bosish orqali Abonement tafsilotlari ekraniga o‘tish;
• Abonement tafsilotlari ekranida "Abonement sotib olish" tugmasini bosish;
• o‘z mobil ilovasidagi asosiy QR-kodni skanerlash;
• to‘lov amalga oshirilgandan so‘ng ma’lum vaqt ichida "Abonementlar" yoki "Aksiyalar" bo‘limida sotib olingan Abonement balansi (sotib olingan qahva porsiyalari soni, keyinchalik qolgan qahva porsiyalari soni) aks ettiriladi.
7.4. Aksiyada ishtirok etuvchi Tashkilotchining Mahsulotlarini ushbu Shartnoma shartlariga muvofiq olish uchun, Abonementdan foydalanuvchi buyurtma berishda Tashkilotchi xodimiga kassada ko‘rsatishi yoki o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatish kassasida mustaqil ravishda mobil ilovadan QR-kodni skanerlashi shart.
7.5. Abonement narxi Tashkilotchining xohishiga ko‘ra o‘zgartirilishi mumkin.
7.6. Yuqoridagi barcha harakatlarni to‘g‘ri bajargan foydalanuvchi Mahsulotni chegirma bilan oladi. Ushbu Oferta maqsadlarida chegirma deganda Abonement bo‘yicha Mahsulot narxi va Tashkilotchining preyskurantida ko‘rsatilgan narx o‘rtasidagi farq tushuniladi.
7.7. 2.3-bandda ko‘rsatilgan Mahsulotlar ro‘yxati Tashkilotchining xohishiga ko‘ra o‘zgartirilishi mumkin.
7.8. Aksiya har kuni Tashkilotchining ish soatlarida (texnik tanaffus vaqti bundan mustasno) o‘tkaziladi.
7.8.1. Agar muayyan savdo do‘konida Mahsulot tugagan va/yoki Mahsulotni tayyorlash uchun uskuna vaqtincha ishlamaydigan holatda bo‘lsa, ushbu savdo do‘konidagi Aksiya uskunaning ishlash qobiliyati tiklangunga qadar to‘xtatilgan hisoblanadi. Bunday holatda foydalanuvchi 2.3-bandda ko‘rsatilgan muddat ichida boshqa savdo do‘koniga murojaat qilishi mumkin.
7.9. Aksiya doirasida Mahsulotni xarid qilish va taqdim etish SAFIA yetkazib berish xizmatlari (veb-sayt, qo‘ng‘iroq markazi, telegram-bot va mobil ilova), Yandex Eats, Uzum Tezkor, Wolt, shuningdek boshqa yetkazib berish xizmatlari va agregatorlar orqali amalga oshirilmaydi.
7.10. Aksiya Tashkilotchining boshqa aksiyalari bilan qo‘shilmaydi. Foydalanuvchi Aksiya Mahsulotini qaysi aksiya bo‘yicha sotib olishni o‘zi mustaqil tanlashi mumkin.
7.11. Abonement doirasida quyidagilarni xarid qilish mumkin: Foydalanuvchi Aksiya Mahsulotini qaysi aksiya bo‘yicha sotib olishni o‘zi mustaqil tanlashi mumkin.
• bir kalendar kunida 1 (bir) soatlik oraliq bilan 3 (uch) porsiyadan ko‘p bo‘lmagan ichimliklar.
• 30 porsiya ichimlik uchun 350.000 so‘mlik yoki 15 porsiya ichimlik uchun 200.000 so‘mlik Abonement balansi doirasida.
• Abonementning amal qilish muddati - 30/15 kalendar kun (xarid kunidan tashqari), bu muddat tugagach Abonement bekor qilinadi.
7.13. Bitta mobil ilova orqali faqat bitta Abonementni xarid qilish mumkin.
7.14. Abonementni amal qilish muddati tugaganidan keyingi kalendar kunida yoki ilgari sotib olingan Abonementning qahva porsiyalari tugaganidan so‘ng qayta sotib olish mumkin. Abonementni hisoblash va mobil ilovaga bog‘lash 24 soat ichida amalga oshiriladi.
7.15. Aksiya doirasida amaldagi Abonementni boshqa Foydalanuvchining mobil ilovasiga o‘tkazish mumkin emas. Abonementni hisoblash va mobil ilovaga ulanish 24 soat ichida amalga oshiriladi.
7.16. Aksiya 2024-yil 26-apreldan noma’lum muddatga o‘tkaziladi. Aksiyani o‘tkazish muddati Tashkilotchining xohishiga ko‘ra o‘zgartirilishi mumkin.
7.16. Aksiya 2024-yil 26-apreldan noma’lum muddatga o‘tkaziladi. Aksiyani o‘tkazish muddati Tashkilotchining xohishiga ko‘ra o‘zgartirilishi mumkin.
8. Boshqa shartlar
8.1. Ushbu Shartnoma boʻyicha Abonement Foydalanuvchisi tomonidan Tashkilotchiga oʻtkazilgan pul mablagʻlari unga naqd pulda berilishi mumkin emas. Ushbu pul mablagʻlariga biror-bir foiz oʻtkazilmaydi.
8.2. Foydalanuvchi faollashtirilgan Abonementni asosli tarzda bekor qilsa, Tashkilotchi Abonement boʻyicha olingan mahsulot va Tashkilotchiga haqiqiy keltirilgan zarar qiymatini chegirib qolgan holda pul mablagʻlarini qaytaradi.
8.3. Elektr tarmoqlari yoki maʼlumotlarni uzatish tarmoqlari ishidagi kutilmagan toʻxtalishlar holatida, Tashkilotchi ushbu Shartnoma boʻyicha Abonementdan foydalanishga taalluqli Abonement Foydalanuvchisi bilan hisob-kitoblarda javobgarlikni oʻz zimmasiga olmaydi.
8.4. Ushbu shartnoma boʻyicha tomonlarning zararlari haqiqiy zarar chegarasida qoplanadi.
8.5. Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksi asosida Tashkilotchi va Foydalanuvchi Tashkilotchi Foydalanuvchiga nisbatan hisobvaraq bermasligi yuzasidan oʻzaro kelishuvni tasdiqlaydi.
8.6. Ushbu Shartnoma shartlari ommaviy oferta toʻgʻrisidagi Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining qoidalari bilan tartibga solinadi. Mazkur Shartnoma Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq tuzildi. Shartnoma bilan tartibga solinmaydigan masalalar Oʻzbekiston Respublikasi qonunlariga muvofiq hal qilinadi. Foydalanuvchining Shartnoma shartlari bilan oʻz vaqtida tanishib chiqmaslik xavfi Foydalanuvchida boʻladi.
8.7. Aksiyada ishtirok etish orqali, Foydalanuvchi mazkur Shartnoma shartlariga rozilik beradi va ularga rioya qilish majburiyatini oladi.
8.8. Foydalanuvchining Mahsulotni almashtirish yoki oʻzgartirish haqidagi iltimoslari qabul qilinmaydi.
8.9. Mazkur Oferta qoidalariga muvofiq Abonement boʻyicha olingan Mahsulot mavjud Buyurtma qaytarilganda Mahsulot qiymati Foydalanuvchiga qaytarilmaydi.
8.10. Tashkilotchining oqilona tarzda nazorat qila olish doirasiga kirmaydigan qandaydir sabab boʻyicha, jumladan, harbiy harakatlar, terrorizm, favqulodda holat yoki halokat (jumladan ofat), savdo yoki boshqa sanksiyalar, kompyuter virusi bilan zararlanish, qurilma xatoliklari, manipulyatsiyalar, noqonuniy aralashuv, texnik uzilishlar yoki Aksiya boshqaruvi, xavfsizligi, xolisligi, yaxlitligi yoki lozim tarzda oʻtkazilishini uzib qoʻyadigan yoki ularga dahl qiladigan har qanday harakatlar tufayli Aksiyani rejalashtirilganidek oʻtkazish imkoni boʻlmasa, Tashkilotchi faqat oʻz xohishi boʻyicha Aksiyani bekor qilish, toʻxtatish, oʻzgartirish yoki toʻxtatib turish va (yoki) oʻz xohishiga koʻra dastlabki mahsulotning qiymatidagi yoki yuqoriroq narxdagi muqobil mahsulotlarni taqdim etish huquqini oʻzida saqlab qoladi. Bundan tashqari, Tashkilotchi oʻz xohishiga koʻra, istalgan vaqtda, jumladan, Aksiyaning amal qilish muddati boshlanganidan keyin, mobil ilova yoki quyidagi saytda oʻzgartirishlar kiritish haqida bildirishnoma joylashtirib, mazkur Ofertaga shunday oʻzgartirishlar kiritish huquqiga ega: https://safiabakery.uz/ru/news
8.11. Aksiyaga nisbatan Tashkilotchining barcha qarorlari qatʼiy hisoblanadi, Tashkilotchi ushbu yuzasidan biron-bir yozishmalarga kirishmaydi.